Wunderkind — Samarqanddagi xususiy bolalar bogʻchasi va bola rivojlanish markazi. Bu — guruhning taʼlim yoʻnalishi boʻlib, binoga, xodimlarga va dasturlar sifatiga uzoq muddatli investitsiyalar hisobiga ikki barobar oʻsgan.
2014: toʻrtta guruh, 82 nafar bola, 11 xodim, taʼmirlanmagan bino.
Bugun: sakkizta guruh, taxminan 200 nafar bola, 39 xodim. Bino ikki qavatdan uch qavatga koʻtarildi, barcha guruhlarda kapital taʼmir oʻtkazildi, beshta shiyponcha qurildi, oʻyin maydonchalari inventar bilan toʻliq jihozlandi.
Ingliz tili · shaxmat · logoped · mental arifmetika · maktabga tayyorlash · gimnastika · taekvondo · sogʻlomlashtiruvchi massaj
1,5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.

Tashkil etilgan yil: 2014
Direktor: Kamolova Aziza Oktam qizi
Manzil: Samarqand, Beruniy koʻchasi, 80A
Telefonlar: +998 91 550 33 30 · +998 88 944 37 77