KHB Group travel texnologiyalari, avtomobil savdosi, taʼlim, premium mebel ishlab chiqarish va koʻchmas mulkni rivojlantirish sohalaridagi yettita mustaqil kompaniyani birlashtiradi. Har bir yoʻnalish oʻz operatsion tajribasiga ega boʻlib, birgalikda ular guruhning koʻlami va barqarorligini mustahkamlaydi.
18 yil va 5 mln mijoz — guruhning eng qadimgi kompaniyasi Easybooking koʻrsatkichlari.

Travel-texnologiyalar
2008-yildan onlayn xizmat va turoperator: aviachipta, mehmonxona, eSIM, turlar va korporativ travel — B2C va B2B bir tizimda.
2008-yildan · 10 mln+ mijoz · 800+ aviakompaniya · 1500+ hamkor

Avtomobil savdosi
Xitoydan toʻgʻridan-toʻgʻri avtomobil shinalari, disklari va akkumulyatorlarini import qilish hamda mamlakat boʻylab tarqatish.
2020 yildan · TOP-3 importyor · oyiga 20 konteyner · 12 diler

Taʼlim
Samarqanddagi xususiy bolalar bogʻchasi va bolalar rivojlanish markazi; uzoq muddatli investitsiyalar hisobiga hajmi ikki baravar oshgan.
2014 yildan · taxminan 200 bola · 8 guruh · 39 xodim

Premium mebel
Buyurtma asosida massiv yogʻochdan mebel: oshxona mebeli, eshiklar, korpusli va yumshoq mebel, duradgorlik buyumlari.
2017 yildan · 80 xodim · oyiga 50 tagacha buyum

Koʻchmas mulkni rivojlantirish va qurilish materiallari
Turar-joy loyihalari, oʻrta segmentdagi investitsiyalar va RegStone gazobeton bloklarini mustaqil ishlab chiqarish.
1440+ kvartira · 3 turar-joy loyihasi · RegStone zavodi

Qurilish materiallari
Samarqanddagi avtoklavli gazobeton zavodi: mahalliy xomashyodan D400 / D500 / D600 bloklar, GOST 31360-2024, O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish.
yiliga 500 000 m³ · 20 000 m³ sklad · kuniga 500 m³ gacha

Stipendiya jamg’armasi
Guruhning xayriya jamg’armasi: iqtidorli talabalar o’qishini to’lash va ularni bitiruvgacha qo’llab-quvvatlash.
2020-yildan · 65 stipendiyant · 18 nomdor stipendiya
Oʻzbekiston, Samarqand
Bosh ofis — Amir Temur koʻchasi, 162, Samarqand. Guruhning travel-texnologiya yoʻnalishi Easybooking bundan tashqari Tojikiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Ozarbayjonda faoliyat yuritadi.




