Olim Foundation — guruhning xayriya stipendiya jamg’armasi. Yordamga muhtoj, ammo iqtidorli va faol talabalarning universitet kontraktini to’lab beradi va ularni bitiruvgacha kuzatib boradi: treninglar, ustozlik, bitiruvchilar jamoasi.
Jamg’arma 2020-yilda Olim Xasanov xotirasiga bag’ishlab oila tomonidan tashkil etilgan. U iqtidorli talabalarning o’qishini to’lab berishni rejalashtirgan, ammo ulgurmagan — va oila uning ezgu niyatini davom ettirdi. Jamg’arma logotipi — uning fotosuratdan olingan silueti.
Birinchi ochiq tanlov 2021-yilda o’tkazilib, olti nafar stipendiyant saralab olindi. Bugun jamg’arma har yili o’nlab talabaning kontraktini qoplaydi va ularning rivojlanish dasturini bitiruvgacha olib boradi.

Tanlov uch bosqichda o’tadi. Arizalar baholanganda yordamga muhtojlik — 50%, harakatchanlik — 25%, potensial — 25% hisobga olinadi.
Amaldagi stipendiyantlar har yili baholanadi: akademik bilim (GPA) — 60 ball, ilmiy va innovatsion yutuqlar — 10, shaxsiy rivojlanish — 10, jamg’arma seminarlaridagi faollik — 10, volontyorlik — 10.
Kontrakt to’lovi · treninglar va seminarlar · networking · jamoaviy loyihalar
Maqsad — faqat o’qishni to’lash emas, mutaxassis tarbiyalash: 2025-yildan har bir stipendiyant bilan alohida kuratorlar jamoasi ishlaydi.

Jamg’arma bitiruvchilari vazirliklarda (36,6%), davlat tashkilotlarida (24,4%), xalqaro kompaniyalarda (14,6%), oliy ta’lim muassasalarida (12,2%) ishlaydi va nufuzli universitetlar magistraturasida (12,2%) o’qishni davom ettiradi.
Stipendiyantlar 18 ta nomdor va davlat stipendiyasi, 7 ta xalqaro tanlov g’olibligi, 300 dan ortiq ilmiy maqola va 20 ta nufuzli sertifikatga ega.



2020 — tashkil etildi.
2021 — birinchi tanlov: 60 ta ariza, 6 nafar stipendiyant.
2023 — 150 ta ariza, birinchi bitiruvchilarning natijalari.
2025 — maxsus kuratorlar jamoasi, har bir stipendiyant uchun seminar va treninglar.
Kelajak — biznes-inkubator, stipendiyantlarning startaplari, ichki ekspertlar jamoasi.


Tashkil etilgan: 2020
Ta’sischi: Zuhra Sharipova
Kuzatuv kengashi: Xasan Xasanov · Odil Xasanov
Manzil: Samarqand, Amir Temur ko’chasi, 163
E-mail: [email protected]
Sayt: olimfondi.uz
Telegram: @Olimfondi_bot